MIDEA'dan ajoyib aksiya: Bu sizga shunchaki “muzli quti” emas!

Fan-texnika 11:00 / 30.06.2018 11521

Muzlatgich har bir xonadon oshxonasidagi odatiy maishiy texnikadir. Zamonaviy kishilar hayotini usiz tasavvur qilish qiyin, ayniqsa, yozning jazirama kunlarida... Biroq doim yonimizda bo‘lganlarga ko‘pincha yuqori talablar qo‘yamiz - bu nafaqat odamlar o‘rtasidagi munosabatlarga, balki kishilar tomonidan turli maishiy texnika ekspluatatsiyasiga ham taalluqlidir. Bugunga kelib muzlatgich shunchaki mahsulotlarni saqlaydigan “muzli quti” emas, u oziq-ovqat mahsulotlarini saqlovchi, foydalanishda qulay bo‘lgan, ichki ergonomikaga ega, qiziqarli dizayn va energosamarali yechimlarni o‘zida jamlagan yangi texnologiyalarning simbiozi hamdir.

MIDEA kompaniyasi oziq-ovqat mahsulotlarini sifatli saqlash borasida eng yaxshi xizmatlarni taqdim etuvchi yangi Midea HD-400 va Midea HD-585 muzlatgichlarini taqdim etadi. Ular zamonaviy texnologiyalarning eng so‘nggi yutuqlarini o‘zida jamlagan.

Diqqat, aksiya!

MIDEA kompaniyasi yozgi mavsumda ajoyib aksiya o‘tkazmoqda. Aktsiya g‘oyasi shundan iboratki, siz MIDEA muzlatgichlarini sotib olish orqali Korzinka.uz supermarketlarida xaridlarni amalga oshirish uchun 150 000 so‘mlik kuponni qo‘lga kiritasiz! Mazkur aksiya kompaniyaning 50 yilligi sharafiga tashkil etilgan.

Foto: MIDEA

Xo‘sh, MIDEA muzlatgichlari nimasi bilan boshqalardan farqlanadi?

Noyob dizayn. Muzlatgich ergonomik va zamonaviy dizayni tufayli o‘ziga xosdir. Uni xonadoningizning istalgan xonasiga joylashingiz mumkin.

Foto: MIDEA

Yoqimsiz hidlar va shovqindan xoli. Muzlatgichda zamburug‘ va yoqimsiz hidlarning paydo bo‘lishining oldini oluvchi antibakterial qoplama mavjud. Shuningdek kompaniya muzlatgichlari shovqinsiz hamdir.

Eng yaxshi yechim. Kompaniya muzlatgichlari uslubi har qanday injiq xaridorning ham ko‘nglidan joy oladi. MIDEA muzlatgichini uyingizdagi istalgan xonangizga joylab, o‘zingizga qulay muhit yarating.

Foto: MIDEA

Energosamaradorlik. MIDEA muzlatgichlari "A+" energiya toifasiga ega bo‘lib, bu sizga qator afzalliklar taqdim etadi. Undagi LED-chiroqlari ishingizni yanada yengillashtirib, elektr energiya sarfini kamaytiradi.

Foto: MIDEA

No Frost texnologiyasi. Muzlatgichlarning muzini eritib tushirishdek zerikarli usulni umuman unuting. MIDEA muzlatgichlari bu borada mustaqil funksiya yuritadi.

Foto: MIDEA

Maksimal qulaylik. MIDEA muzlatgichi yetarlicha katta hajmga ega. Bu esa sizga oldindan bir oylik mahsulotlarni oldindan g‘amlab qo‘yish imkonini beradi. Shu bilan birga, Sizning do‘konga borish vaqtingizni tejaydi.

Foto: MIDEA

Ma'lumot uchun: MIDEA bu...

  • MIDEA Group — yetakchi maishiy texnika ishlab chiqaruvchilaridan biri. Kompaniyaning dunyo bo‘ylab yetti ishlab chiqarish bazasi bor. MIDEA mahsulotlari jahonning 200 dan ziyod mamlakatida sotiladi.
  • MIDEA — bu ilg‘or texnologiyalar va a'lo sifat. Kompaniya iste'molchilarga eng oliy darajadagi xizmatlarni taqdim etish uchun turli maishiy texnologiyalarini rivojlantirish ustida tinimsiz ish olib boradi.
  • MIDEA mahsulotlari allaqachon e'tirof va e'tiborga sazovor bo‘lib ulgurgan.
Foto: MIDEA

MIDEA kompaniyasi har bir maishiy texnika uskunalari qatorini muntazam ravishda yangi zamonaviy texnologiyalar bilan boyitib boradi. Bu esa kompaniyaning doimiy ravishda yangi mahsulotlarni taqdim etishiga ishoradir. Shunday ekan, MIDEA mahsulotlarini kuzatib boring va kundalik turmushingizda o‘zingiz uchun yanada qulay muhit yarating.

Darvoqe, aksiyada ishtirok etishga shoshiling va MIDEA kompaniyasidan 150 000 so‘mlik kuponga ega bo‘ling! “Izlagan imkon topar” deganlaridek, harakatni bugundan boshlang! Omad sizga yor bo‘lsin!

Aktsiya faqat Toshkent shahri hududlarida o‘tkaziladi.

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:

+998 93 381-83-81

+998 93 520-00-46

+998 97 710-77-10

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: