21 iyunda nemis harbiy dengizchilarining mashg‘ulotlari vaqtida fregatda yong‘in chiqdi. Bunga esa raketa bo‘limidagi nosozlik sabab bo‘lgan. Oqibatda 2 kishi jarohat olgan.
Ushbu voqea F124 Sachsen turidagi fregat bilan Norvegiya sohillari yaqinida yuz bergan.
SM-2 zenit raketasi noma'lum sababga ko‘ra pusk qurilmasida yonib ketgan. Biroq baxtli tasodif snaryadning jangovar qismi detonatsiya qilmagan va yong‘in tezda bartaraf etilgan.