Mikroto‘lqinli pech - uy sharoitida pishirish uchun yetarlicha vaqt topolmaydiganlar uchun ajralmas uy jihozidir.
Zamonaviy dunyoda, odatda, oilaning barcha a'zolari ishlaydi, shuning uchun achchiq bir savol tug‘iladi: “Kim yegulik tayyorlaydi?“. LG NeoChef mikroto‘lqinli pechi bilan siz uy yumushlarini bajarishda vaqtni iqtisod qilasiz, barcha oila a'zolaringiz esa xuddi restorandagi kabi mazali kechki ovqatdan bahramand bo‘ladi. Bu barcha yaqinlarni tansiq taomlarga boy dasturxon atrofida jam qilib, oilaviy munosabatlarni mustahkamlash uchun yordam beradigan ishonchli va sinalgan texnika.
Texnologiya mukammalligi: Smart Inverter
Smart Inverter – bu magnetron nurlanishni maksimal quvvatda emas, balki uni tanlangan pishirish rejimiga mos ravishda boshqaradigan va odatdagidan ko‘ra ovqatni 1,5 barobar tezroq isitishga imkon beruvchi noyob texnologiya. 200 dan 1100 vatt.gacha bo‘lgan kuchlanishni boshqarish taomni bir maromda tayyorlashga kafolat beradi. Mahsulotni tayyorlash sifati ortadi - taomni kuydirib ham yubormaysiz, bir maromda isitasiz va invertor xususiyatiga ega bo‘lmagan mikroto‘lqinli pechlar bilan sodir bo‘ladigan boshqa mayda ko‘ngil xiraliklardan yiroq bo‘lasiz. O‘ta sezuvchan sensorli boshqaruv texnika bilan ishlash jarayonini yengillashtiradi va mikroto‘lqinli pechni haqiqiy aqlli qurilmaga aylantiradi.
Aniq nishon!
I Wave spiral bo‘ylab mikroto‘lqin harakati texnologiyasi tufayli taomga issiqlik chuqur va bir maromda yetib borib, uning nafaqat ichki qismi, balki chetlari ham bir xilda isiydi. Bunda to‘lqinning butun bo‘lma bo‘ylab tarqalishiga yordam beruvchi pechning ichki devorlari tuzilishi ham muhim o‘rin tutadi. Siz faqatgina taomning bir qismiga ta'sir qilgan haroratni emas, balki taom uchun kerakli bo‘lgan haroratni olasiz. Va, siz undagi issiq likopcha hamda sovuq taomni butunlay esdan chiqarishingiz mumkin, LG NeoChef bilan bu hodisa sodir bo‘lmaydi.
Birgina urinish
LG NeoChef’ning yana bir rad etib bo‘lmaydigan afzalligi - taom tayyorlash avtomat rejimi. Bu nihoyatda qulay va mikroto‘lqinli pechdan hatto bolalar ham foydalanishiga imkon beradi. Shunchaki birgina tugmani bosing va restorandagi kabi mazali tansiq taomdan bahramand bo‘ling. Uy yogurtini, eritilgan pishloq yoki shokoladdan tansiq yegulik, qovurilgan yoki pishirilgan taomlar tayyorlashingiz mumkin. Maxsus karbon tolasi isitish elementi tufayli grillda sabzavot yoki go‘shtni ko‘mirda misoli qovurilgandek pishirib ko‘ring. Karbon tolasi yuqori darajada issiqlikni singishini ta'minlaydi.
Agarda siz pech ichida nima mo‘jizalar sodir bo‘layotgani bilan qiziqsangiz, xavotir olmang, pech ichi tutun bo‘lmaydi va taom pishish jarayonini yorqin, uzoq muddatli va energiya tejaydigan LED-yoritgich yordamida kuzatib turishingiz mumkin.
Qulay funksiya – olti burchakli mustahkam aylanuvchi va ikki kilogrammgacha og‘irlikni ko‘taruvchi stolcha taom tayyorlash jarayonini yanada osonlashtiradi.
Tozalik va salomatlik
LG NeoChefning barcha mikroto‘lqinli pechlari Easy Clean tizimi bilan jihozlangan bo‘lib, bu maxsus qoplama texnikani tozalash jarayoni sezilarli ravishda qisqartiradi va vaqtingizni ham tejaydi. Siz ichki bo‘lmaning ustki qismini osongina tozalash vositalarisiz tozalab olishingiz mumkin. Pechni dastlabki holatiga keltirish uchun gubka bilan bir necha marta ichki bo‘lma qoplamasi bo‘ylab artib chiqing. Bakteriyalarga qarshi qoplama esa mahsulotlaringizni mikrob va bakteriyalardan himoyalaydi.
LG NeoChef mikroto‘lqinli pechni xarid qilish, shuningdek narxlari bilan quyidagi do‘konlardan bilib olishingiz mumkin:
- “Fleshka“ texnobozori do‘konlari (sobiq “Malika“)
- “Ipak yo‘li“ bozori (sobiq Abu-Saxiy)
- «MEDIAPARK»
“Credit Asia”
“Texnomart” tarmoq do‘konlari
- “Next” SKMdagi LG’ning rasmiy do‘koni
Yoki 143-00-03 raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingiz mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda LG Uzbekistan rasmiy sahifalarini kuzatib boring:
Facebook: www.facebook.com/LGUzbekistan
Instagram: www.instagram.com/LGUzbekistan
LG mahsulotlariga texnik xizmat ko‘rsatishga oid bo‘lgan savollar bo‘yicha LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: 0−800 120−22−22. Bu raqamga qo‘ng‘iroq qilish O‘zbekiston aholisi uchun bepul. Muhim: Raqamni to‘liq terish kerak.
Reklama huquqi asosida