SpaceX kompaniyasi 29 iyunda Dragon kemasi bilan Falcon 9 raketasini koinotga uchirdi. Dragon Xalqaro koinot stansiyasi ekipajiga yuk yetkazib beradi.
Raketa mahalliy vaqt bilan soat 5:42da (Toshkent vaqti bilan soat 14:42) Kanaveral burnidagi bazadan uchirilgan.
NASA’ning ma'lum qilishicha, XKSga 2,7 tonna yuk, jumladan oziq-ovqat va ilmiy tajribalar uchun materiallar yetkaziladi. Kema stansiyaga 2 iyulda birikishi kutilmoqda.
Dragon XKSga, shuningdek, koinot tadqiqotlari uchun interaktiv mobil yordamchi CIMON’ni (Crew Interactive MObile sompanioN) yetkazadi. Sun'iy ongga ega robot Airbus va IBM tomonidan ishlab chiqilgan. NASA’da ma'lum qilinishicha, tajribadan ko‘zlangan maqsad sun'iy ong XKS ekipaji a'zolaridan stressni olish uchun foydali-foydali emasligini aniqlashdan iborat.
8 iyunda XKSga MKS-56/57 ekspeditsiyasi a'zolari – Roskosmos, NASA va Yevropa koinot agentligi fazogirlari Sergey Prokopev, Serena Aunon va Aleksander Gerst yetkazilgandilar. Ular stansiyada ishlayotgan rossiyalik Oleg Artemev hamda amerikalik Endryu Foystel va Richard Arnoldga qo‘shilganlar.