London fond birjasida Samarkand Bonds obligatsiyalarining 3-chiqarilishi joylashtirildi

Foto: Deskgram
26 iyun kuni London fond birjasida Xalqaro moliya korporatsiyasining o‘zbek so‘mida belgilangan obligatsiyalari - Samarkand Bonds uchinchi chiqarilishi joylashtirildi. Bu haqda Markaziy bank saytida xabar qilindi.
Chiqarilishning umumiy hajmi - 80 mlrd so‘m, qoplash muddati - 2 yil, kupon stavkasi - yiliga 9,45%.
Obligatsiyalarni sotish bo‘yicha bitimlar Yevropaning aktivlarni boshqarish bo‘yicha uchta kompaniyasi bilan tuzildi. Bitimlarni tashkil etishni Citigroup Global Markets Ltd brokerlik kompaniyasi o‘z zimmasiga oldi. Ushbu obligatsiya shartlari to‘g‘risidagi ma'lumotlar Bloomberg axborot agentligining terminalida joylashtirilgan.
Birinchi chiqarilish 18 mayda, ikkinchisi - 29 may kuni amalga oshirildi. Obligatsiyalardan olingan daromadlar «Hamkorbank»ni qo‘llab-quvvatlash uchun yo‘naltiriladi.
Mavzuga oid

12:53 / 02.05.2025
Qozog‘iston va O‘zbekiston birjalari meva-sabzavotlarni hamkorlikda sotadi

21:50 / 23.04.2025
Londonda Ukrainaning Yevropa davlatlari bilan muzokaralari bo‘lib o‘tdi

22:46 / 22.04.2025
AQSh London muzokaralarida Qrimni Rossiya hududi sifatida tan olishni taklif qiladi - WP

17:15 / 20.04.2025