Qaysi shaxslar ekstremizmga aloqador jinoiy javobgarlikdan ozod etiladi?

O‘zbekiston 12:10 / 28.06.2018 12567

Shaxs ekstremistik faoliyatda ishtirok etishni o‘z ixtiyori bilan rad etgan, bu haqda tegishli davlat organlariga xabar bergan hamda og‘ir oqibatlar yuzaga kelishining oldini olishga faol ko‘maklashgan taqdirda, qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikdan ozod etiladi. Bu haqda senator Boymatjon Rasulov nutqiga tayangan holda Kun.uz muxbiri xabar bermoqda.

28 iyun kuni ish boshlagan Senatning XV yalpi majlisida "Ekstremizmga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni senatorlar tomonidan ma'qullandi.

Qonunni ta'riflab o‘tgan senator Rasulovga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar ham ekstremistik faoliyatni amalga oshirganlik uchun qonunga muvofiq javobgar bo‘ladi.

"Tashkilotning ekstremistik tashkilot deb topish O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining arizasi asosida Oliy sud tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, qonun bilan ushbu davlat organlarining ekstremizmga qarshi kurashish sohadagi vakolatlar aniq belgilangan bo‘lib, ularning va boshqa sub'yektlarning bu sohadagi faoliyatini muvofiqlashtirish Davlat xavfsizlik xizmatiga yuklanadi", deydi senator.

Ko‘proq yangiliklar: