«GoodZone» do‘konining ochilishi munosabati bilan LG texnikasiga aksiya

Fan-texnika 16:58 / 28.06.2018 18372

LG texnikasini endi yanada qulaylik bilan xarid qilish mumkin - 1 iyul kuni soat 11:00da Toshkentda yangi «GoodZone» elektronika va maishiy texnika do‘koni o‘z eshiklarini ochadi. Uy va oila uchun ajoyib xarid qilish uchun yaxshi vaqt. LG o‘z mijozlarini kerakli va foydali sovg‘alar bilan xursand qilish uchun noyob aksiya tashkil qilyapti.

Qizil tasma Amir Temur shohko‘chasida, Shahriston metro bekatidan uzoq bo‘lmagan yerda kesiladi. Bu nafaqat atrofdagi tumanlar aholisi, balki butun shahardagi iste'molchilarni xursand qilishi aniq. Bu yerda mashhur brendlar maishiy texnikasini hamyonbop narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Jozibadorlik formulasi oddiy: o‘z segmentida keng mahsulot qatori, qulay sharoit va ishonchli kafolatlar.

Foto: LG

LG kompaniyasi sovg‘alarni ham hisobga olgan. Bunday muhim voqea sharafiga «GoodZone» mijozlari uchun aksiya e'lon qilinmoqda: do‘kon assortimentidan LG’ning istalgan muzlatgichi xarid qilinsa, sovg‘a sifatida mikroto‘lqinli pech (MS 2336GIB modellari) beriladi. Do‘kon assortimentidagi LG’ning istalgan kir yuvish mashinasi sotib olinsa esa, changyutgich ham (VK 76A00NDR modellari) taqdim etiladi. Faqat shoshiling! Sovg‘alar soni cheklangan, ularni birinchi 100 nafar xaridor oladi.

Foto: LG

«GoodZone» do‘konida taqdim etiladigan LG maishiy texnikasining keng model qatori xaridorlarni hayratga soladi. Xaridorlar e'tiboriga uy uchun zarur bo‘lgan maishiy texnikalarning eng so‘nggi namunalari taqdim etiladi. Misol uchun, bu yerda LG InstaView innovatsion muzlatgichni xarid qilish mumkin.

Foto: LG

U o‘ziga xos, qulay, katta joyga ega va nafaqat o‘z oilasi salomatligi, balki byudjyetni tejash haqida o‘ylovchilar uchun ham ideal mos tushadi. LG muzlatgichlari qatorida o‘rnatilgan bir qator funksiyalar mahsulotlarning uzoq vaqt davomida yaxshi holatda saqlanib qolishiga imkon yaratadi, tez-tez iste'mol qilinadigan mahsulotlar uchun maxsus shaffof eshik yoki eshikdagi alohida bo‘lma esa, sovuq havo saqlanishini kafolatlaydi, bu elektr energiyasini tejash imkonini beradi va shuning uchun kommunal to‘lovlarni kamaytiradi.

«GoodZone» do‘konida LG kir yuvish mashinalarining keng doirasi taqdim etiladi. Kiyim yuklash miqdori 5,5 kg.dan 17 kg.gacha. Uy bekalari Twinwash ikkilamchi yuklamaga ega kir yuvish mashinasini xarid qilish imkoniyatini albatta baholaydilar - u ko‘p kir yuvadigan, biroq o‘z vaqtini ham tejashni istaydiganlar uchun optimal tanlov. Asosiy bo‘lma 17 kilogrammgacha buyumlarni yuklash imkonini beradi, vertikal yuklamali qo‘shimcha baraban 3,5 kg.ga mo‘ljallangan. TrueSteam bug‘ funksiyasiga ega kir yuvish mashinasi esa, issiq bug‘ bilan ehtiyotkor yuvishni kafolatlaydi va sizning buyumlaringiz haqida g‘amxo‘rlik qiladi.

Foto: LG

«GoodZone» do‘konining manzili - A.Temur shohko‘chasi, 129B (mo‘ljal: Shahriston metro bekati).

Foto: LG

LG mahsulotlariga texnik xizmat ko‘rsatishga oid savollar bo‘yicha LG mijozlarni qo‘llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qiling: 0−800 120−22−22.

Bu raqamga qo‘ng‘iroq qilish O‘zbekiston aholisi uchun bepul. Muhim: Raqamni to‘liq terish kerak.

Batafsil ma'lumotni saytimiz orqali olishingiz mumkin. 

Foto: LG

Reklama huquqi asosida

Ko‘proq yangiliklar: