Qanday idishlar saraton va bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin?

Foto: pixabay
Tagiga olmaydigan qoplamali (sirli) idishlarda mavjud moddalar inson organizmiga tushganda saraton kasalligini keltirib chiqarishi mumkin. Daily Mail Vashington atrof-muhit muhofazasi agentligi ma'ruzasiga asoslanib, shu haqida xabar berdi.
Tadqiqot ma'lumotlariga ko‘ra, siri ko‘chgan tova yoki kastryuldan foydalanilsa, perftoroktan kislota inson organizmiga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Bu modda shuningdek suvga va o‘tga chidamli materiallar tarkibiga ham kiradi.
Ta'kidlanishicha, perftoroktan kislota zarrachalari toksik xususiyatlarga ega. Ularning inson organizmiga tushishi saraton rivojlanishi, xolesterin miqdorining oshishi va immun tizimi funksiyasining pasayishiga olib kelishi mumkin.
Laboratoriya hayvonlari ustida o‘tkazilgan tadqiqotlar ushbu moddaning jigar, oshqozon osti bezi va jinsiy a'zolar saratoniga olib kelishini ko‘rsatdi. Bundan tashqari, perftoroktan kislota bepushtlikni keltirib chiqarishi mumkin.
Mavzuga oid

12:22 / 05.03.2025
Tatuirovka teri saratoniga sabab bo‘lishi mumkin

23:10 / 25.02.2025
JSST: 2050 yilga borib dunyoda ko‘krak bezi saratonidan o‘lim holati 68 foizga oshadi

21:19 / 17.02.2025
Olimlar saratonning rivojlanish xavfini belgilaydigan 380 ta gen variantini aniqladi

23:03 / 11.02.2025