Xakerlar iPhone’ni aldashning navbatdagi usuli haqida ma'lum qilishdi

Fan-texnika 22:10 / 24.06.2018 7568

IPhone smartfonlari himoyasini aldash uchun unga tashqi qurilmani ulash yetarlilik qiladi. Bu haqda xakerlar so‘zlab berishgan.

Ma'lumki, telefonni blokdan chiqarish kodini 10 marta kiritish mumkin. Agar kiritishlar 10 tadan oshsa, unda smartfondagi barcha ma'lumotlar avtomatik ravishda o‘chirib yuboriladi. Biroq ayfonga tashqi klaviatura ulanganda, operatsion tizim kodni cheksiz ko‘p kiritishga imkon bergan. Buning evaziga esa barcha 9999 ta kombinatsiyani kiritib chiqish mumkin. 

Xakerlarning hisob-kitobiga ko‘ra, 4 raqamli kodni topish eng ko‘pi bilan 10 soatcha, 6 raqamli kodni topish uchun esa bir necha hafta ketishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: