Ijtimoiy tarmoqlarda yangi Xiaomi Redmi 6 Pro smartfonining rasmiy sifatli tasvirlari paydo bo‘ldi, ularda besh turli rangdagi smartfonlar aks etgan.
Xiaomi Redmi 6 Pro xaridorlari Rose Gold, Sand Gold, Lake Blue, Black va Flame Red ranglaridan birini tanlashlari mumkin. Yangi qurilma haqida ixbt.com'da ma'lumot berildi.
Asosiy kamera ikkita (12+5 MP), u chap tomonning yuqori qismida joylashgan. Orqa panelda shuningdek daktiloskopik datchik mavjud.
Xiaomi Redmi 6 Pro ekrani 5,84 dyuym diagonalga ega bo‘ladi, bir kristalli tizim sifatida esa Qualcomm Snapdragon 625 ishtirok etadi. Akkumulyator sig‘imi 400 mAs'ni tashkil qiladi. Operativ xotira - 2, 3 yoki 4 Gb, flesh-xotira sig‘imi esa 16, 32 yoki 64 Gb bo‘lishi kutilmoqda.
Smartfon narxi 150 dollardan boshlanadi. Yangi qurilma taqdimoti 25 iyunda Xiaomi Mi Pad 4 plansheti namoyishi bilan birga o‘tishi rejalashtirilgan.