Instagram foydalanuvchilari soni 1 milliardga yetdi, deyiladi ijtimoiy tarmoq xabarida.
Instagram 1 milliard kishini o‘ziga jalb qilgan global hamjamiyatga aylandi. "2010 yilda ishga tushganimizdan buyon hamjamiyatimiz qanday rivojlanganini kuzatdik. Bu ulkan yutuq, Instagram jamoasi nomidan sizlarga rahmat deb qolamiz", - deyiladi manbada.
Bundan tashqari, Instagram o‘z foydalanuvchilarining 1 soatgacha bo‘lgan vertikal videoroliklar yaratishi va ko‘rishi uchun IGTV ilovasi ishga tushishi haqida e'lon qildi. "IGTV telefoningizdagidek - to‘liq ekranli rejimda va vertikal tuzilishga ega. Video xronometraji Instagram'dan farqli o‘laroq, bir daqiqa bilan cheklanmagan. Aksincha, har bir video bir soatgacha davom etishi mumkin", - deyiladi xabarda.
Iyun oyi o‘rtasida Instagram ilova funksionaliga Stories orqali mahsulotlarni xarid qilish imkonini qo‘shdi. Adidas, Louis Vuitton, Aritzia, The Kooples kabi kompaniyalar Stories'ga o‘z tovarlari giperhavolasini qo‘yish imkonini qo‘lga kiritishdi, havola bo‘yicha o‘tuvchi foydalanuvchilar esa Instagram orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotuvchidan tovar xarid qilish imkoniga ega bo‘lishdi.