Click va Payme orqali notarial harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi
Elektron to‘lovlar tizimini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan ommabop bo‘lgan Click va Payme to‘lov tizimlari orqali notarial harakatlar uchun to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi. Oldinlari bunday imkoniyat faqat UPAY tizimida bor edi.
To‘lovlar bank kassalari yoki mobil telefonlar orqali amalga oshirilishidan qat'iy nazar, bu haqdagi ma'lumot “Notarius” axborot tizimida onlayn tarzda aks ettiriladi.
Endilikda, fuqarolar davlat boji va boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun kassalarda navbat kutib turishi shart emas, fuqarolardan belgilanganidan ortiqcha pul mablag‘lari talab etilishi oldi olinmoqda.
Joriy etilgan yangilik aholiga qulaylik yaratishi bilan birga huquqiy xizmat ko‘rsatish jarayonida sifat va tezkorlikni ta'minlaydi hamda korrupsiyaning oldini olishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid

19:00 / 19.02.2025
Payme’da shaxsni tasdiqlash: bu nima uchun kerak va qanday o‘tish mumkin?

17:34 / 08.02.2025
O‘zbekiston Notarial palatasiga rais saylandi

14:43 / 30.01.2025
Onlayn to‘lov tizimlari bozorida Payme ustun mavqega ega deb topildi

12:00 / 18.07.2024