Samsung ikki yil ichida, ya'ni 2020 yilgacha AQSh, Yevropa va Xitoydagi bo‘linmalarining tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tkazilishini e'lon qildi. Kompaniya bu borada Koreyada ancha muvaffaqiyatga erishgan va o‘zining Digital City’sida 42 ming kvadrat metr quyosh paneli o‘rnatgan va Pongtayek hamda Xvaseong kampuslarida geotermal energiya manbalarini ishlab chiqmoqda.
Samsung bu borada raqobatchilaridan ortda qolishni istamayapti. Misol uchun Apple tiklanuvchi energiya manbalariga to‘liq ishonishini aytadi, Google esa energiyaga xarajatlarni shamol va quyosh hisobiga qoplaydi. T-Mobile ham 2021 yilgacha 100 foiz tiklanuvchi energiyaga o‘tishini e'lon qildi. Ko‘rinishicha, Samsung bu borada texnika dunyosining “nahang”laridan biroz ortda qolmoqda.
Tiklanuvchi energiya manbalariga o‘tish moliyaviy qiymatga ham ega, chunki bunday energiya manbalari shubhasiz bir necha yildan keyin qazilma yoqilg‘idan arzon bo‘ladi.
Olimlarning aytishicha, agar insoniyat haqiqatdan ham tiklanuvchi energiya manbalariga to‘liq o‘tishni istasa, unda dunyodagi davlatlarning 4 dan 3 qismi 2050 yilgacha bu maqsadga erisha oladi.