Afg‘onistondagi portlashda 20 kishi halok bo‘ldi

Foto: AP Photo / Shah Marai
Afg‘oniston sharqida joylashgan Nangarhor viloyatining poytaxti Jalolobod shahrida sodir bo‘lgan portlashda 20 kishi halok bo‘ldi. Reuters axborot agentligining ma'lum qilishicha, portlash “Tolibon” va hukumatning vaqtinchalik yarashuvi nishonlanishi vaqtida yuz bergan.
Avvalroq ToloNews telekanali 17 kishi halok bo‘lganini ma'lum qilgan. Telekanalning ta'kidlashicha, portlash Ramazon hayiti nishonlanishi vaqtida yuz bergan.
Viloyat gubernatori vakilining ma'lum qilishicha, taxminlarga ko‘ra, “toliblarga qarashli mashinalardan biri ichida raketa portlab ketgan”.
Avvalroq Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ramazon oyi yakunlanishi va Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan 11 iyundan 19 iyungacha toliblar bilan bir tomonlama o‘t ochish to‘xtatilishini e'lon qilgandi. Keyinroq “Tolibon” Ramazon hayiti munosabati bilan 3 kunga o‘t ochishni to‘xtatishini e'lon qilgan.
Mavzuga oid

18:53 / 05.03.2025
Tramp afg‘onistonlik «Bosh terrorchi» hibsga olinganini e’lon qildi

17:10 / 04.03.2025
“Tolibon”ning Qo‘shtepa kanali. Buning O‘zbekistonga ta’siri qanday bo‘ladi?

10:36 / 03.03.2025
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘zaro savdo hajmini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi

17:11 / 24.02.2025