Roskomnadzor va FXX Telegram arxitekturasi o‘zgartirilishini talab qildi

Fan-texnika 23:00 / 14.06.2018 3288

Federal xavfsizlik xizmati va Roskomnadzorning Telegram’ga qarshi kurashi messenjerni bloklash haqidagi sud qaroriga qaramay davom etmoqda. Endi Telegram  asoschisi Pavel Durovdan messenjerni uning shifrlash kalitlarini maxsus xizmatlarga bera oladigan qilib o‘zgartirish talab qilinmoqda.  

“Fikrimizcha, messenjerning har qanday arxitekturasi Rossiya qonunchiligi bajariladigan qilib o‘zgartirilishi kerak. Shu sababli, Telegram shifrlash kalitlarini berish texnik imkoniyatiga ega”, deyilgan FXXda.

Durov shifrlash kalitlari foydalanuvchilar qurilmalaridagina saqlanishi, bu esa messenjer dasturchilariga ularga egalik qilishga imkon bermasligi va demakki, kalitlar FXXga ham berila olmasligini bir necha bor aytgan. Bundan tashqari, kalitlarni berish shaxsiy hayotga daxlsizlikning buzilishi hisoblanadi. 

Ko‘proq yangiliklar: