Moskva shahar sudi Telegram’ni bloklash haqidagi qarorni o‘zgartirmadi

Fan-texnika 14:22 / 14.06.2018 3226

Moskva shahar sudi Telegram messenjerini Rossiya hududida bloklash haqidagi qarorni o‘zgarishsiz qoldirdi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar tarqatdi.

Ta'kidlanishicha, hozirgi vaqtda bloklash haqidagi qaror qonuniy kuchga kirdi, garchi Roskomnadzor servisni bloklash huquqini birinchi instansiya sudi qaroridan keyinoq qo‘lga kiritgandi.

«Birinchi instansiya sudi qarori o‘zgarishsiz qoldirilsin», - deya ma'lum qilgan sudya.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya hukumati ijtimoiy tarmoqlarni va xizmatlarni yopmoqchi emasligi, Rossiya prezidenti Vladimir Putin «To‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot» vaqtida shu haqda berilgan savolga javoban aytib o‘tgani xabar qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: