Microsoft korporatsiyasi Word, Excel va PowerPoint dizaynini yangilaydi

Foto: Getty Images
Microsoft korporatsiyasi Word, Excel, Outlook va PowerPoint'ning yangi versiyasi ishlab chiqilishi haqida e'lon qildi. Kompaniya saytida ma'lum qilinishicha, yangilanishlar dasturlar dizayniga taalluqli bo‘ladi, shuningdek sun'iy intellektni qo‘llash orqali qidiruv tizimi yaxshilanadi.
Xabarda aniqlik kiritilishicha, yangilanishlar kelasi bir necha oy ichida ishlab chiqiladi va ular "kuch-qudrat va oddiylik muvozanati asosidagi yangi ish madaniyati uchun" mo‘ljallangan.
Yangilanish birinchi navbatda Word'ning Office.com uchun veb-versiyasida bo‘ladi, iyun oyi oxirida foydalanuvchilar Windows uchun yangi Word, Excel va PowerPoint yangi versiyasini ko‘rish imkoniga ega bo‘lishadi. Yana bir oydan keyin Windows uchun Outlook ham yangilanadi, avgustda Mac uchun yangi Outlook paydo bo‘ladi.
Mavzuga oid

14:18 / 02.03.2025
Yangi “ajdarho jangchisi”, kosmosga turistik parvoz va “aqlli” g‘ilof - texnodayjest

16:31 / 28.02.2025
Skype tez orada yopilishi mumkin

22:12 / 17.01.2025
Microsoft rossiyalik hakerlarni siyosatchilarning WhatsApp akkauntlariga hujum uyushtirishda aybladi

00:31 / 05.01.2025