Ilon Maskning The Boring Company kompaniyasi Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi, yer usti transporti va metroga muqobil ravishda odamlarni tashishga mo‘ljallangan yer osti tunneli qismini qurishni yakunladi. Yo‘l uzunligi 4,3 kmdan oshiqroq, deb ma'lum qildi Mask.
“The Boring Company’ning Los-Anjyeles ostidan o‘tuvchi tunnellardan birinchisi deyarli tayyor. Nazorat idoralarining yakuniy ruxsati olingach yo‘lovchilarga bepul safarlarni taklif qilishimiz mumkin”, deb yozgan Mask.
Mask tunneldan foydalanish boshlangandan keyin unda ustuvorlik piyodalar va velosipedchilarga berilishiga va'da berdi. Tunneldan imtiyozli foydalanish davri tugagandan keyin ushbu tizim orqali harakatlanish haqi avtobus chiptalarinikidan arzonroq bo‘ladi.