Apple rahbari xodimlarni tik turib ishlashga majbur qilishini ma'lum qildi 

Fan-texnika 21:58 / 14.06.2018 9166

Apple rahbari Tim Kuk yaqinda bergan intervyusida kompaniyaning yangi bosh qarorgohi Apple Park’dagi ishchi muhit haqida yangi tafsilotlarni oshkor qildi.

Kukning aytishicha, kompaniyaning barcha xodimlari turib ishlash uchun mo‘ljallangan maxsus stollar olgan. Kuk uzoq o‘tirishning xavfli ekanini ta'kidlagan holda, bir shifokorning “o‘tirgancha o‘tkaziladigan turmush tarzi – bu yangi saraton” degan so‘zlarini keltirib o‘tgan. Uning ta'kidlashicha, agar muayyan vaqt turib, keyin esa o‘tirib ishlansa va shu tariqa davom ettirilsa, bu turmush tarzi uchun foydaliroq bo‘lar ekan.

Stollarni maxsus pult yordamida “turib ishlash” holatidan “o‘tirib ishlash” holatiga o‘tkazish mumkin. Kukning ta'kidlashicha, bunday stollar qurilishiga 5 mlrd dollardan ko‘proq pul sarflangan bosh qarorgohning o‘ziga xos jihatlaridan biridir.

Ko‘proq yangiliklar: