Tesla minglab xodimlarini ishdan bo‘shatmoqda

Fan-texnika 08:26 / 13.06.2018 8339

Tesla kompaniyasining taxminan 4 ming xodimi elektromobillar ishlab chiqaruvchisi tuzilmasidagi o‘zgarishlar tufayli ishdan bo‘shatiladi. Bu haqda Business Insider kompaniya rahbari Ilon Maskka asosan xabar bermoqda.

Ta'kidlanishicha, Tesla biznesini optimallashtirish tufayli ishdan bo‘shatish zarurati paydo bo‘lgan. Maskning kompaniyaga yo‘llagan rasmiy maktubida aytilishicha, Tesla so‘nggi bir necha yil davomida «o‘sdi va rivojlandi», bu xodimlarning ba'zi majburiyatlari takrorlanishiga sabab bo‘ldi. Uning fikricha, hozir bu pozitsiyalarning bor ekanini «oqlash mushkul», biroq ular bundan avval dolzarb bo‘lgan.

Mask ma'lum qilishicha, xodimlarning taxminan 9 foizi ishdan bo‘shatiladi. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, hozirgi paytda Tesla shtatida 46 ming xodim bor. Shu tariqa, taxminan 4 ming mutaxassis o‘z ish joyidan mahrum bo‘ladi.

Kompaniya rahbarining ta'kidlashicha, Tesla 15 yil davomida yillik daromadni olib kelmadi. Uning fikricha, kompaniya tomonidan barqaror daromadga yetishish jahonga ekologik toza energetikaga tezroq o‘tishda yordam beradi.

Ko‘proq yangiliklar: