Yahoo! Messenger 17 iyuldan boshlab ishlashni to‘xtatadi, deb yozmoqda The Republic.
Oath kompaniyasining (Yahoo! aktivlariga egalik qiluvchi Verizon bir qismi) e'lon qilishicha, internetda xabarlarni bir zumda almashish uchun ilk servislardan biri bo‘lgan messenjer ishi 17 iyuldan to‘xtatiladi.
«Hozir bizda Yahoo! Messenger’ni almashtirish uchun mahsulot yo‘q. Biz yangi xizmatlar va dasturiy ta'minot bo‘yicha sinovlar o‘tkazmoqdamiz, ulardan biri Yahoo Squirrel ilovasi bo‘lib, u guruhlarda xabarlar almashishga mo‘ljallangan», - deya ta'kidlab o‘tishgan Oath’dan.
Yahoo! Messenger faol foydalanuvchilari sonini oshkor qilmaydi, biroq kompaniya xizmatlarining barcha foydalanuvchilari Messenger’da avtomatik ravishda ro‘yxatdan o‘tadi.
Xabar berilishicha, so‘nggi 20 yil davomida yuz millionlab insonlar xizmatdan foydalandi.
Oath Yahoo Messenger nima sababdan yopilayotganini oshkor qilmagan, biroq ular aniq va barchaning tilida bo‘lgan katta ro‘yxatdan iboratdir: WhatsApp, Facebook Messenger, Snapchat, WeChat, Viber, Skype, Telegram va hokazo.
Yahoo! Messenger 1998 yilda tashkil etilgan bo‘lib, bir necha yil davomida xabarlar almashish bo‘yicha eng mashhur servis hisoblangan.