Videoloyiha davom etadi: Mahsulotlar eksportiga chet el xaridorini qanday topish mumkin?

Iqtisodiyot 00:30 / 12.06.2018 8658

KUN.UZ tahririyati yurtimizdagi o‘zlari ishlab chiqarayotgan mahsulot va xizmatlarni xorijiy davlatlarga eksport qilayotgan korxonalar va tadbirkorlarga yordam berish maqsadida yangi iqtisodiy loyihaga asos solgani haqida avval ham xabar bergan edik.

Videoloyihaning navbatdagi sonida ham eksport bo‘yicha mutaxassis, iqtisod fanlari nomzodi «Alimkhan Exim Group» tashqi savdo va konsalting kompaniyasi asoschisi Akmalxon Olimxonov bilan birgalikda mahsulotlar eksporti mavzusida so‘z yuritiladi.

Navbatdagi mavzu «Xorijlik xaridorlar qanday topiladi?», deb nomlanadi. Bu ko‘pchilik uchun eng zarur, dolzarb va hammani qiziqtiradigan savoldir.

Aslida, xaridor topish oson ish emas. Buning uchun ozmi-ko‘pmi harakat, qolaversa, xarajat qilish kerak. Chunki mahsulotingiz xaridorga yoqib, «bo‘ldi olaman», deyishi bu 50 foiz yutuqdir. Mahsulotingiz haqida chet ellik xaridor eshitmagan bo‘lsa, kelib mahsulotingizni so‘rashini kutib o‘tirish befoyda.

Mahsulotni chet el bozorida imkon qadar reklama qilish kerak, u yerdagi savdogarlarga shunday mahsulot borligini bildirish kerak. Birinchi navbatda, mahsulotni qayerda taklif qilish kerakligini aniqlab olish lozim va o‘sha mamlakatni o‘rganish kerak: qay biriga kirsa bo‘ladi? Chunki tashqi bozorini puxta o‘rganmoqlik xalqaro savdoda eng muhim element hisoblanadi va bundan siz faqatgina yutasiz va ortiqcha xarajatlardan holi bo‘lasiz.

Dunyoda 200ga yaqin mamlakat mavjud. Shundan qaysi biriga eksport qilishingiz mumkinligini aniqlab olish va harakatingiz aynan shu bozorga qaratilgan bo‘lishi kerak.

Videoloyihada quyidagi mavzular bo‘yicha so‘z borgan:

1. Tashqi bozorni o‘rganish

  • Asosiy bozorlarni yuzaki o‘rganish va mintaqani aniqlash.
  • Tanlangan mintaqaviy bozorni chuqur o‘rganish
  • Aniq bozor yoki mamlakatni tanlash.

2. Chet eldagi hamkor bilan aloqa o‘rnatish

3. Chet el hamkorini qidirish uchun kimga murojaat qilsa bo‘ladi?

4. Mahsulotni internetda reklama qilish: zamonaviy yondashuv

5. Elektron savdo maydonlari

Ushbu mavzuning hali yana davomi bor. U bilan loyihaning uchinchi qismida tanishib o‘tasiz.

Ko‘proq yangiliklar: