O‘zbekistonda 2018 yilda yana 90 km yangi temir yo‘l barpo etiladi

Iqtisodiyot 17:24 / 12.06.2018 15746

Joriy yil oxiriga qadar respublikada 90 kilometr uzunlikdagi yangi temir yo‘llar barpo etiladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" xabar berdi.

Qayd qilinishicha, ushbu bunyodkorlik ishlari “Qarshi-Kitob”, “Andijon-Savay-Xonobod”, “Pop-Qo‘qon-Andijon”, “Jizzax-Yangiyer” liniyalarida amalga oshiriladi.

Bundan tashqari, ayni paytda jamiyatda transport-logistika infratuzilmasini yanada rivojlantirish orqali tadbirkorlarga qulaylik yaratish maqsadida “Davlat xizmatlari” markazlari tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda barcha kerakli yuk hujjatlari, shu jumladan, elektron buyurtmalar qabul qilinib, import yuklaridan olinadigan davlat bojlari undirilmoqda.

Shu yilning o‘tgan besh oyi mobaynida 187ta stansiyadan qariyb 28 million tonna yuk jo‘natildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 309 ming tonna ko‘pdir.

Ko‘proq yangiliklar: