Buxoro viloyati hokimligi «Investstroy» OAJning (Rossiya Federatsiyasi, Vladimir shahri) ustav kapitalidagi davlat ulushining 60 foizini oladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorida so‘z yuritilgan.
Hokimlik tasarruf etish huquqiga ega bo‘lmaydigan aksiyador huquqini oladi va endi «Investstroy» ishlab chiqarish maydonlari bazasida logistik markazni yaratish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» loyihasini ikki oy muddatda ishlab chiqishni nazorat qilishi kerak.
Ushbu loyiha doirasida korxonaning binolari, inshootlari va boshqa mol-mulki yangi maqsadlar uchun ta'mirlanadi hamda rekonstruksiya qilinadi.
Bundan tashqari, uch oy mobaynida «Investstroy»ning samaradorligini oshirish bo‘yicha biznes-reja tayyorlanishi kerak, kompaniyaning o‘zi esa «O‘zagroeksport» AJ meva va sabzavotlarni oldindan to‘lovsiz eksport qila oladigan kompaniyalari ro‘yxatiga kiritilishi kerak (hozirda ushbu ro‘yxatda oltita kompaniya mavjud).