Qonun hujjatlari ta'sirini baholash tizimi portalida Vazirlar Mahkamasining «Shahar yo‘lovchilar tashish transportida yo‘l haqini hisobga olish va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini joriy etish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.
Norma’ning yozishicha, hujjat umumfoydalanishdagi shahar yo‘lovchilar tashish transportida (taksidan tashqari), shu jumladan metropolitenda yo‘l haqini hisobga olish va to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimini (keyingi o‘rinlarda – YTAT) joriy etishga yo‘naltirilgan.
To‘lovlarni offlayn va onlayn (ePOSni hisobga olgan holda) rejimlarda o‘tkazish maqsadida tizimni Yagona umumrespublika protsessing markazi protsessingi hamda «Uzcard» to‘lov tizimi bilan birlashtirish rejalashtirilmoqda. Loyihaning ijtimoiy ahamiyatini hisobga olgan holda, protsessing uchun vositachilik haqini o‘tkazma summasining 0,1%idan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilash taklif etilmoqda.
Loyihani amalga oshirish jarayonida metropolitenda YTATni joriy qilish ehtiyojlarini hisobga olgan holda turniketlarni yangilash rejalashtirilmoqda.
O‘quvchi yoshlar, IIV, Mudofaa vazirligi xizmatchilari va pensionerlar uchun «ID Card» personallashtirilgan kartalarini joriy qilish rejalashtirilmoqda, keyinchalik ulardan imtiyozli transport kartasi sifatida foydalaniladi.
Loyiha o‘zgartirilishi, unga qo‘shimcha kiritilishi yoki rad etilishi mumkin.
Yo‘l haqini to‘lashning avtomatlashtirilgan tizimi taklif etilmoqda
Kun Yangiliklari
O‘zbekiston bozorlaridagi oziq-ovqat mahsulotlari narxi e’lon qilindi
07:57 / 01.07.2022
25697
Noyabr oyi uchun «palov indeksi» e'lon qilindi
08:11 / 01.12.2021
34560