UzMobile kompaniyasi +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlarning barchasini vaqtinchalik to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqda kompaniya xabarida aytiladi.
«Hurmatli UzMobile abonentlari, shuni ma'lum qilamizki, firibgarlardan Sizga kelib tushayotgan +882* prefiksli noma'lum qo‘ng‘iroqlarni bartaraf etish maqsadida tegishli xizmatlar tomonidan chora-tadbirlar amalga oshirildi. Hozirgi vaqtda +882 prefiksidan kiruvchi va chiquvchi qo‘ng‘iroqlar vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yilgan. Tushunganingiz uchun minnatdormiz!», - deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq UzMobile abonentlari firibgarlarning ommaviy hujumiga uchragani xabar qilingandi.