Simona Xalep “Rolan Garros”da ilk bor g‘olib bo‘ldi

Foto: Getty Images
Dunyoning birinchi raqamli ayol tennischisi, ruminiyalik Simona Xalep o‘z faoliyatida ilk bor Fransiya ochiq chempionati – “Rolan Garros”da g‘olib bo‘ldi. Shuningdek, Xalep “Katta dubulg‘a” seriyasiga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqa olgan.
Xalep finalda AQSh vakili Sloan Stivensni 3:6, 6:4, 6:1 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2 soat 3 daqiqa davom etgan.
O‘tgan yil ham Xalep ushbu musobaqaning finaliga chiqa olgandi, biroq latviyalik Yelena Ostapenkoga yutqazgandi.
Bungacha tennis tarixida faqatgina bir ruminiyalik tennischi “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi musobaqada g‘olib chiqa olgan: 1978 yilda Virjiniya Rujichi ham Fransiya ochiq chempionatida zafar quchgandi.
Erkaklar o‘rtasida final bahsida Dominik Tim va “Rolan Garros”ning 10 karra g‘olibi Rafael Nadal uchrashadi.
Mavzuga oid

23:18 / 17.03.2020
«Rolan Garros» tennis musobaqasi kuzga ko‘chirildi

23:03 / 09.06.2019
Nadal faoliyatida 12-marta “Rolan Garros” g‘olibi bo‘ldi

21:28 / 08.06.2019
«Rolan Garros» musobaqasining finalchilari ma'lum bo‘ldi

20:41 / 07.06.2019