Nadal faoliyatida 12-marta “Rolan Garros” g‘olibi bo‘ldi

Sport 23:03 / 09.06.2019 5587

Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal Fransiya ochiq chempionati “Rolan Garros” finalida Dominik Timni 6:3, 5:7, 6:1, 6:1 hisobida mag‘lub etib, ushbu nufuzli musobaqaning 12 karra g‘olibiga aylandi.

Uchrashuv 3 soat 1 daqiqa davom etgan. 

2018 yilda ham ushbu tennischilar finalda uchrashishgan va unda ham Nadalning qo‘li baland kelgandi. 

33 yoshli ispan “Katta dubulg‘a”ga kiruvchi bir musobaqani 12-marta yutgan ilk tennischiga aylandi.

Ushbu unvon Nadalning faoliyatidagi 82-unvoni va joriy mavsumdagi ikkinchisi bo‘ldi.

Ispaniyalik tennischi Rojyer Federerdan keyin “Katta dubulg‘a” musobaqalarini eng ko‘p yutgan 2-raqamli tennischi (18 ta unvon) bo‘lib qolmoqda. 

Ko‘proq yangiliklar: