O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan 2018 yil 1 iyun holatiga ko‘ra oltin-valyuta zaxirasi haqidagi ma'lumotlar e'lon qilindi.
Unga ko‘ra respublika oltin-valyuta zaxirasi 28,12 mlrd dollarni tashkil qildi.
Ulardan 14 mlrd – xorijiy valyutadagi aktivlar, 14,11 mlrd – monetar oltin.
1 iyun holatiga ko‘ra sof oltin-valyuta zaxiralari 27,02 mlrd dollarni tashkil qildi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxirasi 2018 yil 1 may holatiga ko‘ra ham kamaygandi.