Tabiiy gaz yo‘qotishlari qanday hisoblanadi? 

Iqtisodiyot 10:43 / 09.06.2018 11821

“Tabiiy gaz yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yo‘qotishlarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi yo‘riqnoma” Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazildi.
 
Norma’ning yozishicha, mazkur hujjatda tabiiy gazni truboprovod orqali transportirovka qilishdagi yo‘qotishlarni hisoblash usullari, uslublari va maxsus formulalari o‘z aksini topgan.
 
U prezidentning 2017 yil 29 maydagi PF–5059-son “Elektr energiyasi va tabiiy gaz yetkazib berish hamda iste'mol qilish sohasida to‘lov intizomini yanada mustahkamlash, shuningdek, ijro ishi yuritish tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi farmoniga asosan ishlab chiqilgan. Qaror bilan ilg‘or xorijiy tajribani o‘rgangan holda, energiya resurslarini yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotishdagi yo‘qotishlarni aniqlash tartibini tasdiqlash ko‘zda tutilgan edi.
 
U gaz yetkazib berish, transportirovka qilish, taqsimlash va sotish bilan shug‘ullanuvchi korxonalar uchun tabiiy gaz sarfi va yo‘qotishlarini hisoblashning asosiy usullarini o‘z ichiga olgan. Aytish kerakki, mazkur korxonalar gaz sarfini rejalashtirishda, gazni hisobga olish priborlari yo‘qligi yoki nosozligida hamda gaz sarfi bo‘yicha hisobotlarni yuritishda ushbu yo‘riqnomani qo‘llashlari majburiy sanaladi.
 
Yo‘qotishlarni aniqlash iste'molchiga hech qanday ta'sir qilmaydi, faqatgina sohaga doir maxsus yuridik shaxslarga tegishlidir.
 
Yo‘riqnoma “O‘zbekneftegaz” AJ, “O‘ztransgaz” AJ va Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan kelishilgan holda ishlab chiqilgan.

Ko‘proq yangiliklar: