«Rolan Garros» finalchilari aniq bo‘ldi
Ispaniyalik tennischi Rafael Nadal «Rolan Garros» turniri finaliga chiqdi. Grunt kortlarda o‘tkazilayotgan turnirda birinchi raketka argentinalik raqibi Xuan-Martin del Potroga qarshi 3 set bahs olib borib, 6:4, 6:1, 6:2 hisoblarini qayd etdi. Bahs 2 soatu 14 daqiqa davom etgan.
Nadal 9 breyk-poyntdan 5tasini amalga oshirgan va 3 marta qo‘sh xatoga yo‘l qo‘ygan. Del Potro 2 eys zarbani amalga oshirgan, 1 marta to‘pni o‘yinga kiritishda xato qilgan va bir marta ham raqib geymini yuta olmagan.
Fransiya ochiq chempionati sovrini uchun bahsda Nadal turnirda yettinchi raqam ostida saralangan avstriyalik tennischi Dominik Timga qarshi kortga chiqadi.
Mavzuga oid

19:32 / 30.01.2022
Australian Open. Dramatik finalda Nadal super kambek evaziga Medvedevni mag‘lub etdi

09:31 / 05.11.2020
Rafael Nadal faoliyatidagi 1000-g‘alabani qo‘lga kiritdi

22:47 / 11.10.2020
Rafael Nadal Roland Garros’ning 13 karra g‘olibi bo‘ldi

22:38 / 09.10.2020