Qozog‘istonning tashqi qarzi xavfli nuqtaga yaqinlashdi

Iqtisodiyot 15:10 / 08.06.2018 39795

Qozog‘istonning davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzlari miqdori 55,5 milliard dollarga yetgan. Bu esa Milliy fonddagi jami valyuta aktivlarining 96,2 foizini tashkil etadi. Bu haqda informburo.kz xabar tarqatgan.

Hisob palatasi tahlilchilarining fikricha, bu hisobot mamlakatda moliyaviy barqarorlik uchun xavfli holat yuzaga kelganini ko‘rsatadi.

«2018 yilning 1 yanvari holatiga ko‘ra Qozog‘istonning davlat va davlat tomonidan kafolatlangan tashqi qarzlari miqdori qariyb 14 trln tengega teng (7 iyun kuni bu miqdor roppa-rosa 14,5 trln tengeni tashkil etmoqda), bu esa o‘tgan yilga nisbatan 18,9 foizga ko‘pdir. Tashqi qarz YaIMga nisbatan 27,1 foizga yetgan, bu ham 2016 yilgiga nisbatan 2,1 foizga ko‘p», – deyilgan hisobotda.

2017 yilda davlat qarzlarini qoplash xarajatlari 852,6 mlrd tengega kamaygan. Byudjyetga qarz yuklamasi 2016 yildagi 11,8 foizdan 2017 yilda 8,8 foizga qisqargan. 

Vazirlik ma'lumotiga ko‘ra, Qozog‘istonda 18 milliondan ortiq kishi yashaydi. Mamlakatdagi o‘rtacha yashash minimumi 2018 yil yanvar oyida 25 879 tengeni tashkil qildi (taxminan 80 AQSh dollari).

Ko‘proq yangiliklar: