Birjada dollar birinchi marta 7900 so‘mdan pastga tushdi

Iqtisodiyot 14:48 / 08.06.2018 34427

O‘zbekistonda dollar ilk bor 7900 so‘mdan past darajada - 7896 so‘mdan savdo qilinmoqda. Bundan O‘zbekiston Respublika valyuta birjasining ma'lumotlari darak beryapti.

So‘m 2018 yil fevralidan boshlab faol mustahkamlanib bordi – bunga qadar u bir dollarga 8190 so‘mgacha arzonlashib ketgandi. Aprel oyi oxirlaridagi biroz pasayishdan so‘ng valyuta yana mustahkamlanib bordi va 7900 so‘mga yaqinlashdi.

Yevro bilan vaziyat esa biroz boshqacha, u o‘tgan hafta narxda keskin o‘sdi va 9765 so‘mgacha chiqdi. Masalan, may oyi oxirlarida u 9395 so‘mdan savdo qilingan. Shu haftada esa yevro yana pastladi va ikki kun ichida 397 so‘mga arzonlashdi - 9398 so‘mgacha.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq birjada dollar 7900 so‘mga yaqinlashgani, yevro keskin ravishda 9795 so‘mgacha ko‘tarilgani xabar berilgandi.

Ko‘proq yangiliklar: