Jizzaxda birinchi xususiy bank

Iqtisodiyot 12:32 / 07.06.2018 31760

Joriy yilning 6 iyun kuni Jizzax viloyatida birinchi xususiy bank hisoblangan, zamonaviy hamda milliy arxitektura uyg‘unligi talablariga to‘liq javob beradigan yangi “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filialining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

 Bu kabi yangilanishlarga, Prezidentimizning 2016 yil 18 noyabrdagi Jizzax viloyatiga amalga oshirgan saylovoldi tashriflarida viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan rivojlantirish borasida bergan topshiriqlari hamda Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 19 yanvardagi “Jizzax viloyati hududlarini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi turmush darajasini yanada yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi  19-sonli qarori bosh omil bo‘ldi. 

 Mazkur topshiriq va qaror asosida boshlangan qurilish va bunyodkorlik ishlari o‘z nihoyasiga yetib, Jizzax viloyatida birinchi xususiy bank hisoblangan “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filialining foydalanishga topshirilishida jizzaxliklarga xos qat'iy shijoat va mehnatkashlik juda qo‘l kelganligini alohida ta'kidlab o‘tish joiz.

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali
Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

Tantanali ochilish marosimida Jizzax shahar hokimi Akbar Shukurov, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi Raisi Sardor Normuxamedov, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi a'zolari, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining Jizzax viloyati Bosh boshqarmasi mutasaddilari, “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Boshqaruvi a'zolari, tegishli departament direktorlari va mustaqil boshqarma boshliqlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, bino qurilishida bevosita ishtirok etgan pudratchi tashkilot – “Inco-construction” mas'uliyati cheklangan jamiyati quruvchilari jamoasi, tadbirkorlik sub'yektlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali
Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

Ta'kidlash joizki, bank faoliyat ko‘lamini, eng avvalo, yurtimiz aholisini barcha turdagi bank xizmatlari bilan qo‘llab-quvvatlashga qaratdi. Natijada, bank o‘zining barcha turdagi xizmatlari bilan respublikamiz hududlariga kirib bormoqda. Mana bugun Jizzaxning Sharof Rashidov ko‘chasida qad rostlagan yangi bank binosi ham mijozlarga tezkor va qulay bo‘lgan bank xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida zarur zamonaviy texnikalar bilan jihozlangan.

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali
Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

- Yangilanayotgan Jizzaxning hech bir zamonaviy shaharlardan qolishmaydigan,  obod va fayzli maskanga aylanib borayotganligi, jumladan bank filialining ochilishi biz kabi yoshlarga yangi ish o‘rinlari yaratish bilan birga, o‘z mutaxassisligim bo‘yicha faoliyat yuritishimga imkoniyat beradi, - deydi bankning yetakchi mutaxassisi Ulug‘bek Xolmanov. – Yangi zamonaviy binoda faoliyatimizni boshlashimiz uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yorug‘ va shinam xonalar kompyuter jamlanmalari va zarur mebel jihozlar bilan ta'minlangan.  

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali
Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali
Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

- Quvonarlisi shundaki, viloyatda birinchi xususiy bank hisoblangan barcha qulayliklarga ega zamonaviy binoda mutaxassisligim bo‘yicha faoliyatimni boshlashimdan,  jizzax aholisi va tadbirkorlarga sifatli bank xizmatlari ko‘rsatilishida bevosita hissa qo‘shishimdan mamnunman, bugungi kunda biz kabi yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va sharoitlar uchun Davlatimiz rahbariga  va bank rahbariyatiga minnatdorchiligimni bildiraman.   

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

 Gulduros qarsaklar ostida tantanali ochilish marosimining ramziy tasmalari kesilib, bank filialining ochilganligi rasman e'lon qilindi hamda filiali boshqaruvchisiga binoning ramziy kaliti topshirildi.

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali
Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

 Tadbir ishtirokchilari zamonaviy hamda milliy arxitektura uyg‘unligi talablariga to‘liq javob beradigan, o‘z me'moriy dizayni bilan Jizzax shahri ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib turgan filial binosi ostonasidan ichkariga qadam qo‘yib, bank mijozlari va xodimlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar, qulayliklar bilan yaqindan tanishdilar. 

Foto: “Trastbank” xususiy aksiyadorlik banki Jizzax filiali

 Tadbir so‘ngida, bino qurilishida faollik ko‘rsatgan - “Inco-construction” mas'uliyati cheklangan korxona jamoasiga minnatdorchilik bildirilib, bank rahbariyati tomonidan qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Ko‘proq yangiliklar: