O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda yuqoriladi

Fan-texnika 09:30 / 07.06.2018 17627

Irlandiyaning Ookla kompaniyasiga qarashli Speedtest.net internet-servisi Speedtest Global Index har oylik reytingni e'lon qildi. Unda 2018 yilning may oyi yakunlari bo‘yicha dunyo bo‘ylab simsiz va simli internet tezligi bo‘yicha ma'lumotlar bor.

Spot’ning yozishicha, O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha ikki pozitsiyaga yuqoriladi va endi 125 o‘rindan 113-pog‘onani egallab turibdi (8,91 Mbit/s).

Mamlakat simli internet tezligi bo‘yicha avvalgi pozitsiyada qolgan - 135 o‘rindan 128-pog‘onada, biroq tezlik o‘sgan - apreldagi 6,78 Mbit/s.dan 6,82 Mbit/s.gacha.

Mobil internet tezligi bo‘yicha reytingda Norvegiya (62,70 Mbit/s) yetakchilik qilayotgan bo‘lsa, Singapur simli internet bo‘yicha eng tez internetga ega (170,99 Mbit/s).

Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng arzon mobil internetga ega davlatlar ma'lum qilingandi.

Ko‘proq yangiliklar: