Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i videoqo‘ng‘iroqlarga 3D niqob va maxsussamara ko‘rinishidagi to‘ldirilgan voqelik samaralarini qo‘shdi.
Endi OK foydalanuvchilari o‘zlarining quvonch, araz va boshqa hislarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri videochat vaqtida, virtual niqoblardan birini tanlab, uzatishlari mumkin. OKda neyrotarmoqlar bazasida ishlab chiqilgan texnologiya foydalanuvchi yuzini asosiy nuqtalari bo‘yicha aniqlaydi, avtomatik ravishda tanlangan 3D niqobni kiydiradi, va real vaqt rejimida foydalanuvchining videoqo‘ng‘iroq vaqtidagi harakatlarini takrorlaydi.
Ijtimoiy tarmoq allaqachon virtual niqoblarni videochatlarda, OK mobil ilovalaridagi iOS va Android platformalarida qisman ochdi. Barcha foydalanuvchilar niqoblarga shu haftadayoq kirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Avval virtual niqoblarga OK Live striming mobil ilovasida kirish mumkin edi. Videoqo‘ng‘iroqlar kabi an'anaviy xizmatlarga to‘ldirilgan voqelik qo‘shilishi texnologiyasi foydalanuvchilarda katta qiziqish va sinchkovlik uyg‘otmoqda. Bundan tashqari, bunday format yangi tipdagi foydalanuvchi kontent yaratish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar ochadi.
OK Live foydalanuvchilari G‘alaba kuni va Rossiya kunini bayram qilish vaqtida ilovalardagi niqoblarni faol ishlatishdi.
Marina Krasnova, Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i «Lenta», «Video» va OK Live mahsulotlari bo‘yicha direktori:
Bizning foydalanuvchilar uchun ular ijtimoiy tarmoqdan oladigan muloqot va hislari qadrlidir. Biz videoqo‘ng‘iroqlardagi virtual niqoblar texnologiyasi OK dagi muloqotlarni yanada yorqin qiladi va o‘z-o‘zini namoyish etish uchun imkoniyatlar yaratadi, hamda shubhasiz, mashg‘ullikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi, deb hisoblaymiz.