Xitoy banklari bilan 750 mln dollarlik zayom kelishuvlari imzolandi

Iqtisodiyot 01:50 / 06.06.2018 6956

O‘zbekiston Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki (O‘zbekiston Milliy banki) Xitoy moliyaviy institutlari bilan 750 mln dollarlik zayom kelishuvlarini imzoladi.

Ma'lum qilinishicha, O‘zbekiston Milliy banki Xitoy davlat taraqqiyot banki bilan 250 mln dollarlik zayom kelishuvini imzolagan.

Ushbu kelishuv O‘zbekistonga import o‘rnini bosuvchi va eksportga mo‘ljallangan ishlab chiqarishlarni yaratishga qaratilgan yuqori texnologik qurilmalarni yetkazishni ko‘zda tutuvchi yirik loyihalar bilan birga kichik va o‘rta biznes loyihalarini ham moliyatirishni ko‘zda tutadi.

Xitoy davlat taraqqiyot bankining kredit liniyasidan O‘zbekistonning barcha hududlaridagi tadbirkorlar foydalana oladilar.

Shuningdek, Xitoy eksport-import banki bilan 500 mln dollarlik zayom kelishuvi imzolangan. 

Bu bankning kreditlari yuqori texnologik qurilmalarni yetkazishni ko‘zda tutuvchi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yo‘naltiriladi. 

Hujjatlar 5 iyunda Pekinda 9-10 iyunda Xitoyda o‘tadigan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammiti oldidan imzolangan.

Ko‘proq yangiliklar: