Turkmanistonda pul yo‘qligi xorijiy kompaniyalarga zarba bo‘lib tushmoqda

Iqtisodiyot 11:10 / 05.06.2018 36708

Turkmanistonda qator xorijiy kompaniyalar iqtisodiy bosimning o‘sishi hisobiga savdolarni amalga oshirish va mablag‘larni olishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda, bu asosan Markaziy Osiyo davlati tabiiy gaz eksportini keskin pasaytirgani bilan bog‘liq, deb yozmoqda Reuters.

Rasmiy statistika ma'lumotlaridan tashqari, amalda hech qanday iqtisodiy ma'lumot barqaror o‘sishni ko‘rsatmayapti, hamda ayrim chet ellik menejyerlarga ko‘ra, valyuta tanqisligi davlat sektori hukmron bo‘lgan iqtisodiyotga zarba bermoqda.

Dunyoda eng yirik gaz zaxiralariga ega bo‘lgan to‘rtinchi davlat - Turkmaniston xorijiy va mahalliy kompaniyalar bilan shartnoma tuzishni davom ettirmoqda, biroq ba'zi loyihalar to‘xtab qolgan va Xalqaro valyuta jamg‘armasi mamlakat xarajatlarini kamaytirish yoki milliy valyuta - manatni devalvatsiya qilish kerakligini aytmoqda.

«Hukumat moliyaviy resurslar tugamoqda, u yakuniga yetkazilgan bitimlarga to‘lamayapti, bunda yangilariga to‘lash imkoniyati haqida gapirmasa ham bo‘ladi», - dedi Turkmanistonda operatsiyalarni to‘xtatgan turk metallurgiya va qurilish kompaniyasi Cakiroglu Grup boshqaruv kengashi a'zosi O‘g‘uzxon Chakiro‘g‘li.

Ashxobodning muammolari 2016 yilda boshlangan, o‘shanda Turkmaniston gazining asosiy xaridori Rossiya jahon energetika bozoridagi o‘zgarishlar va narx haqida bahslarga sabab xaridni to‘xtatgan.

Xitoyga eksport Rossiyaga yetkazib berish to‘xtatilishi oqibatida yetkazilgan zararlar o‘rnini qoplay olmadi va 2016-2017 yillarda Turkmanistonning umumiy eksport daromadlari 8,0-8,5 milliard dollarni tashkil qildi. Bu mamlakat 2000 va 2014 yillar oralig‘ida olgan summaning taxminan yarmi.

Bunga javoban, prezident Gurbanguli Berdimuhamedov hukumati imtiyozli valyutani ustuvor loyihalar uchun ushlab turish uchun uni tartibga solishni asta-sekin kuchaytira boshladi.

Qora bozorda manat kursi joriy yil boshida bir dollar kuch 13-14dan 17-18ga tushib ketdi. Rasmiy almashinuv kursi dollar uchun 3,5 manatni tashkil etadi.

Mahalliy xususiy kompaniyalar, jumladan iste'mol tovarlarini import qiluvchilar, so‘ragan dollarlarning kichik bir qismini olmoqda, deya xabar bergan turkman tadbirkorlari. Chakiro‘g‘li so‘zlariga ko‘ra, hukumat xorijiy pudratchilarga to‘lovlarni amalga oshirishda qiyinchiliklarga duch kelmoqda.
 

Ko‘proq yangiliklar: