Microsoft birgalikda ishlab chiqish uchun GitHub servisi xarid qilinganini tasdiqladi. Kelishuv qiymati 7,5 mlrd dollarga teng, xaridor bu summani o‘z aksiyalari bilan to‘laydi.
Microsoft ochiq kodga ega loyihalarni rivojlantirish tarafdori, deyiladi Microsoft rahbari Satya Nadellaning bayonotida. Uning bildirishicha, Microsoft dasturlash tillari, texnologiyalar va bulutli servislar bo‘yicha cheklovlar kiritish niyatida emas, ular ishlab chiquvchilar tomonidan GitHub’da qo‘llaniladi.
«Birinchidan, biz ishlab chiqishning hayot sikli har bir bosqichida ishlab chiqaruvchilar imkoniyatlarini kengaytiramiz - g‘oyadan tortib birgalikda ishlash va bulutda loyiha joylashtirishgacha. GitHub barcha ishlab chiquvchilar uchun ochiq platforma bo‘lib qoladi.
Ikkinchidan, biz GitHub korporativ ishlab chiquvchilar tomonidan foydalanilishini rivojlantiramiz, bunda savdo bo‘limlari, sheriklik kanallari qo‘llaniladi, shuningdek, Microsoft global bulutli infratuzilmasi va xizmatlari taqdim etiladi», - deydi Microsoft rahbari Satya Nadella.
Tomonlar kelishuvni 2018 yil davomida yopishga umid qilmoqda. U GitHub’ga 2012 yilda 100 mln dollar sarmoya kiritgan Andreessen Horowitz jamg‘armasiga endi katta daromad keltiradi (taxminan 1 mlrd dollar), deya ta'kidlaydi Recode.