Foto: Singapurda haydovchisiz avtobuslar sinovi uchun mini-shahar

Fan-texnika 17:44 / 05.06.2018 5890

Bloomberg Cingapurda haydovchisiz boshqariladigan avtobuslarni sinovdan o‘tkazish uchun ochilgan mini-shahar suratini e'lon qildi. Ikki gektarlik maydonda joylashgan shahar chorrahalar, svetoforlar, yo‘l belgilari va piyodalar o‘tish joylariga ega.

Foto: Nicky Loh/Bloomberg

Yo‘llarda avtobuslar yomon ko‘rinish holatida qanday harakatlanishini tekshirib ko‘rish uchun balandliklar, osmono‘par binolar maketlari, yomg‘ir yog‘diruvchi mashina bor.

Olingan ma'lumotlar mahalliy rasmiylarga 2018 yilning ikkinchi yarmi davomida avtomatlashtirilgan transport uchun yo‘l harakati qoidalarini ishlab chiqishda yordam berishi kerak. Singapurda hozir 10dan ortiq kompaniya o‘zining haydovchisiz transport vositasini sinovdan o‘tkazmoqda.

Foto: Nicky Loh/Bloomberg

Singapurda 2016 yilda dunyodagi birinchi bepul haydovchisiz taksi paydo bo‘ldi, nuTonomy kompaniyasi loyiha muallifiga aylandi. 2018 yilning yanvarida esa mamlakatda 20 soniya davomida quvvat oluvchi fransuz elektroavtobusi sinovlari bo‘lib o‘tdi. 

Foto: Nicky Loh/Bloomberg

 

Ko‘proq yangiliklar: