Yaponiyada o‘t o‘chiruvchi robot ixtiro qilindi (video)

Fan-texnika 23:57 / 05.06.2018 6151

Yaponiyaning Toxoku universiteti va Xatinoxdagi Milliy texnologiya instituti olimlari havoga ko‘tarila oluvchi o‘t o‘chiruvchi robot prototipini taqdim qilishdi. Qurilma bosim ostida chiqarilgan suv hisobiga havoga ko‘tariladi, deb xabar berdi Digital Trends.

Robot datchiklarga ega, uzun o‘t o‘chiruvchi shlangdan iborat bo‘lib, uning old va markaziy qismida soplolar bo‘lib, ular orqali bosim ostida suv chiqadi. Buning hisobiga qurilma kichik balandlikka ko‘tarila oladi. Robot vaziyatdan kelib chiqib suyuqlikni bir nechta yo‘nalishda purkashi mumkin.

Hozircha robotning ishchi prototipi bir necha metr uzunlikka ega, biroq istalsa uni uzaytirish mumkin. Suv soplolarga 0,7 MPa bosim ostida kompressor yordamida beriladi. Kelgusida qurilma boshqariluvchanroq bo‘lishi va kattaroq balandlikka ko‘tarila olishi uchun takomillashtiriladi.

Ko‘proq yangiliklar: