O‘zbekistonda mototsikl ishlab chiqaruvchi ikkita zavod ishga tushiriladi

Iqtisodiyot 12:59 / 04.06.2018 29997

O‘zbekistonda Xitoy va Hindistonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari bilan hamkorlikda mototsikl texnikasini chiqarish bo‘yicha bir yo‘la ikkita zavod ishga tushirilishi reja qilinmoqda. Bu haqda “Xalq so‘zi” Sputnik’ga asosan yozmoqda.

«Namangan viloyatida Xitoyning Lifan kompaniyasi bilan yangi korxona ochiladi. U yerda skuter, mototsikl va uch g‘ildirakli yuk motorollerlari ishlab chiqariladi. Zavodni Norin mexanika zavodi bazasida yil oxirigacha ishga tushirishni rejalashtirmoqdamiz», — degan «O‘zavtosanoat» rahbari Umidjon Salimov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston tomoni eski xatolarini takrorlamoqchi emas, shu sababli ushbu segmentda raqobatni rivojlantiradi. Shu maqsadda, dedi u, «O‘zavtosanoat» bunday loyihadan yana bittasini Hindistonning Bajaj kompaniyasi bilan hamkorlikda ishga tushiradi.

«Navoiyda Hindiston bozorining yetakchilaridan biri — Bajaj bilan zavodni ishga tushirish ustida ishlayapmiz. Biz ular bilan muzokaralar olib boryapmiz», — dedi Salimov.

Ko‘proq yangiliklar: