Ronalduni JCh-2018’da sobiq desantchi va MMA jangchisi qo‘riqlaydi

Foto: PA
Rossiyadagi jahon chempionatida Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduning xavfsizligini sobiq desantchi Nuno Marekush va MMA’ning sobiq jangchisi Gonsalo Salgado ta'minlaydi. Bu haqda Mirror nashri ma'lum qildi.
Marekush Ronalduni Kiyevdagi Chempionlar ligasi finali vaqtida qo‘riqlagan. Ma'lum qilinishicha, Marekush xususiy qo‘riqchilik firmasida ishlaydi. U avval Lissabon aeroportining xavfsizlik bo‘yicha direktori bo‘lib ishlagan. Sobiq desantchi bo‘sh vaqtida buqalar jangida ishtirok etib keladi.
Ronalduning ikkinchi qo‘riqchisi, vazni 139 kg, bo‘yi 188 sm ni tashkil qiluvchi Salgado o‘ta og‘ir vaznda MMA janglarida ishtirok etib kelgan. U jangchilik faoliyatida 9 ta jang o‘tkazib, 7 tasida g‘alaba qozongan, 2 tasida mag‘lub bo‘lgan. U MMA’dagi so‘nggi jangini 2011 yil martda Moskvada o‘tkazgan va rossiyalik Arsen Adbulkerimovga mag‘lub bo‘lgan.


So‘ngra Salgado qo‘riqchilik agentligini tashkil etgan. U Ronalduga bir necha yildan beri tansoqchilik qilib keladi.
Portugaliya terma jamoasi V guruhida Ispaniya (15 iyun, Sochi), Marokash (20 iyun, Moskva, “Lujniki”) va Eron (25 iyun, Saransk) bilan bellashadi.
Mavzuga oid

15:28 / 30.01.2025
Ronaldu: «O‘g‘limga Mbappe yoqadi, u «Dada, Kilian sizdan yaxshiroq» dedi. Men esa «Kim ko‘proq gol urgan?» deb so‘radim»

11:06 / 14.12.2024
Husanov transfer bahosi bo‘yicha Ronaldu bilan tenglashdi

13:29 / 17.09.2024
Ronaldu - «MYu»ni tark etishi, klub bilan hozirgi munosabatlari va o‘g‘lining futbolchi bo‘lish istagi haqida

10:49 / 13.09.2024