Facebook foydalanuvchilar ma'lumotini kompaniyalar bilan bo‘lishadi - NYT

Fan-texnika 10:30 / 04.06.2018 1846

Facebook kompaniyasi smartfonlar va boshqa elektron qurilmalar ishlab chiqaruvchilariga foydalanuvchilar shaxsiy ma'lumotiga kirish imkonini taqdim etadi. Bu haqda The New York Times yozmoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, ijtimoiy tarmoq so‘nggi o‘n yil davomida elektron qurilmalar yirik ishlab chiqaruvchilari bilan ko‘plab kelishuvlarga erishgan bo‘lib, ular kompaniyalarga Facebook foydalanuvchilari shaxsiy ma'lumotiga kirish imkonini yaratadi.

Ta'kidlanishicha, bu kelishuvlar Mark Tsukerberg kompaniyasi tomonidan foydalanuvchilar ma'lumotlarini himoya qilish qoidalariga zid keladi.

Shu bilan birga, ekspertlarning fikricha, smartfon ishlab chiqaruvchilari nafaqat Facebook foydalanuvchilari, balki ularning do‘stlari ma'lumotiga ham kirishi mumkin.

Ko‘proq yangiliklar: