Sirdaryoda “Obod qishloqda – yuksak madaniyat” mavzusida sayil bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston 22:11 / 03.06.2018 3167

Adliya vazirligi tashabbusi va Sirdaryo viloyat hokimligining yaqindan xamkorligi bilan Xovos tumanining “Xovosobod” mahallasida 2 iyun kuni “Obod qishloqda – yuksak madaniyat” mavzusida sayil tashkil etildi.

Tadbir doirasida aholini qiziqtirgan savollarga batafsil javob berish uchun turli soha ekspertlari - huquqshunoslar, advokat va mutaxassislar burchaklari tashkil qilinib, aholini qiynayotgan muammolar bilan yaqindan tanishish va hal etish uchun viloyat va tuman mutasaddilarining “Sayyor qabul”i o‘tkazildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shuningdek, tadbir davomida qishloq yoshlari ishtirokida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati

Shu bilan birga, tashkil etilgan sayyor davlat xizmatlari, tibbiy xizmat, mehnat yarmarkalaridan aholining unumli foydalanishiga erishildi.

Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Foto: Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati
Ko‘proq yangiliklar: