Qozog‘istonning Jyezqazg‘an yaqinida Xalqaro kosmik stansiyasi ekipajining 3 a'zosini Yerga qaytargan “Soyuz MS-07” kemasining kapsulasi qo‘ndi.
Yerga rossiyalik fazogir Anton Shkaplerov, NASA va Yaponiyaning JAXA agentligi astronavtlari Skott Tingl va Norishige Kanai qaytdi. Ular stansiyada 168 kun o‘tkazishgan.
Ma'lum qilinishicha, fazogirlar kapsuladan evakuatsiya qilinganlar va o‘zlarini yaxshi his qilmoqdalar. Shkaplerov kapsuladan chiqarib olingandan keyin unga g‘arq pishgan gilos tortiq qilingan.
Yana bir e'tiborli jihati, Shkaplerov XKSga 24 martda Oleg Artemev tomonidan yetkazilgan jahon chempionati to‘pi Telstar18’ni Yerga qaytarib olib tushdi. Ushbu to‘pdan yaqin kunlarda boshlanadigan futbol bo‘yicha jahon chempionatining ilk uchrashuvida foydalaniladi.
Kema atmosferaga soat 17:17da kirgan va asosiy parashyuti ochilishiga 9 daqiqadan keyin buyruq berilgan. Kapsula qo‘ngan joyga 8 ta Mi-8 vertolyoti va 4 ta amfibiya-mashina jo‘natilgan.
Endilikda XKSda MKS-56 ekspeditsiyasi ishini davom ettiradi. Ekipaj sardori amerikalik astronavt Endryu Foystel, bortmuhandislar – Roskosmos fazogiri Oleg Artemev va NASA fazogiri Richard Arnold. Ular XKSga navbatdagi ekipaj yetib kelguncha, ya'ni 8 iyungacha uch kishi bo‘lib ishlashadi.