Toshiba 18 mlrd dollarlik biznesini sotib yubordi

Iqtisodiyot 16:57 / 01.06.2018 7550

Yaponiyaning Toshiba Corp shirkati o‘zining mikrochiplar ishlab chiqarish bo‘linmasini 18 milliard dollarga sotilishi bo‘yicha kelishuvni yopdi. Sotib oluvchiga Amerikaning Bain Capital xususiy shirkati boshchiligidagi konsorsium bo‘ldi, deya xabar beradi Reuters Toshiba bayonotiga tayangan holda.

Konsortsiumga, shuningdek, Janubiy Koreyaning mikrosxemalar ishlab chiqaruvchisi SK Hynix, Apple, Dell Technologies, Seagate Technology va Kingston Technology kiradi.

Toshiba va Bain Capital sotuv haqida 2017 yilda kelishib oldi. Dastlab tomonlar kelishuvni 2018 yil mart oyining oxiriga qadar yopishni rejalashtirdilar, ammo bu jarayon Xitoyning monopoliyaga qarshi idoralari sabab cho‘zilib ketdi. Xitoy rasmiylari kelishuv davomida Janubiy Koreyaning SK Hynix’i Toshiba biznesida katta ulushga ega bo‘lishi va raqobat tamoyillarini buzishi mumkinligidan xavotirlangan.

Mikrochiplarni ishlab chiqarish Toshiba biznesining asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Korporatsiya 2017 yilning bahorida uni sotuvga qo‘ydi. Bu AQShning atom energiyasi bilan shug‘ullanadigan Westinghouse Electric shirkati bankrotligi sababli milliardlab dollar yo‘qotilgani tufayli ro‘y berdi. Biznesni sotish hisobidan kompaniya zararning o‘rni qoplanishini kutmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: