Jahon bozorida 145 yildan beri o‘z o‘rnini yo‘qotmasdan kelayotgan Yaponiyaning Toshiba mahsulotlari endi O‘zbekiston bozorida. Ko‘pincha xaridorlar Toshiba deganda televizor yoki noutbukni ko‘z oldilariga keltirishadi. Aslida esa Toshiba Yaponiyaning ko‘p tarmoqli korporatsiyasi bo‘lib televizor va noutbuklardan tashqari, maishiy texnika, ya’ni: sovitkich, muzlatkich, kir yuvish mashinasi, konditsionerlar, mikroto‘lqinli pech, changyutkich, idish yuvish mashinasi, gaz plitalari, suv dispanserlari va boshqa turdagi kundalik hayot uchun zarur bo‘lgan maishiy texnikalarni ishlab chiqaradi.
Toshiba kompaniyasining yaralishi 1875 yilda telegraf uskunalarini ishlab chiqarish bilan boshlangan, 1961 yilga kelib, Osaka shahrida birinchi maishiy texnika turkumidan bo‘lgan — sovitkich ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan va keyinchalik maishiy texnika, kompyuterlar va ko‘pgina boshqa elektr texnika mahsulotlarini ishlab chiqara boshlagan.
Toshiba’ning dunyoga mashhur ixtirolaridan biri – Invertor kompressori bo‘lib, bu texnologiyadan keyinchalik dunyoning barcha maishiy texnika ishlab chiqaruvchilari foydalana boshlagan va hozirda Invertor kompressorli sovitkichlar va konditsionerlarga nafaqat O‘zbekistonda, balki jahon miqyosida talab juda katta.
Toshiba 2021 yildan boshlab O‘zbekiston bozoriga rasmiy mahsulotlarini yetkazib berishni boshladi.
Qaynoq yoz kunlarida oziq-ovqatlarni sifatli saqlash asosiy masalaga aylanadi. Shuning uchun ishonchli va kafolatli sovitkichlarga bo‘lgan talab yanada oshishi tabiiy. Bunday paytda qaysi sovitkichni tanlash kerakligi ko‘p xaridorlarni o‘ylantiradi.
Nega aynan Toshiba’ni tanlash foydali?
Hozirgi kunda xaridorlarimiz ma’qul narx, zamonaviy dizayn, kafolatli sifatdan tashqari, sovitkichni elektr tejamkorligi, umumiy sig‘imi va shovqinsiz ishlashi kabi sifatlariga xam alohida ahamiyat berishmoqda.
Toshiba’ning sovitkichlari esa bu sifatlarning barchasiga ega bo‘libgina qolmay, unda No Frost texnologiyasi ishlatilgani, 3 yil umumiy kafolati va invertor motoriga – alohida 10 yillik kafolat mavjudligi bilan alohida ajralib turadi.
Toshiba’ning shiori — #DetailsMetter – ya’ni har bir detal ahamiyatga ega.
Toshiba’da barcha mahsulotlar iste’molchilar uchun muhim sanalgan har bir jihatlarga katta e’tibor qaratgan holda loyihalanadi va ishlab chiqariladi. Iste’molchilar uchun muhim ahamiyat kasb etadigan nozik jihatlarni nazardan qochirmagan holda har bir xonadon uchun butkul yangi yechimlar yaratishga intiladi.
Toshiba’da sovitkichlarning istalgan dizayn va quvvatdagi ko‘rinishlarini topish mumkin.
- Ko‘p eshikli sovitkichlar;
- French door shaklidagi sovitkichlar;
- Ustki muzxonali sovitkichlar;
- Pastki muzxonali sovitkichlar shular jumlasidandir.
Toshiba sovitkichlarida ko‘plab yangi texnologiyalar ishlatilgan bo‘lib, ulardan quyidagilarni sanab o‘tish ahamiyatli:
- Havo aylanishini ta’minlovchi 3 konturli tizim mahsulotlarining hidi bir-biriga aralashib ketishining oldini oladi.
- “Dual Invertor” – Juft invertor funksiyasi, bu Invertorli Kompressor va Invertorli ventilyatorlarning qo‘sh kombinatsiyasi bo‘lib, haroratni yuqori aniqlikda o‘lchaydi. Bu esa o‘z o‘rnida quvvat sarfini va shovqin kamligini ta’minlaydi.
- Sovitkichning Plasma+pure texnologiyasi esa bakteriyalar hamda noxush hid yuzaga kelishining oldini oladi.
- AlloyCooling – texnologiyasi alohida e’tiborga ega bo‘lib, bu texnologiya bozorda yangi hisoblanib, unda sovitkichning orqa devoriga metall plastina o‘rnatilgani hisobiga bu texnologiya sovitkich ichida haroratni bir xil ta’minlanishini kafolatlaydi va elektr quvvati uchib qolganda, sovitkich ichidagi haroratni ko‘proq vaqtga saqlab turishga yordam beradi.
Toshiba’ning so‘nggi yangiligi sizni hayratda qoldirishi aniq.
O‘zbekiston diyori yoz oylarida issiq bo‘lishini inobatga olib hamda Toshiba savdo belgisi ostidagi sovitkichlarni keng ommaga tarqatish maqsadida, aprel va may oylarida – “Toshiba’dan sovg‘alar bahori” nomli aksiya o‘z ishini boshladi.
“Toshiba’dan sovg‘alar bahori” aksiyasida, sotib olingan Toshiba sovitkichlariga qo‘shib, Toshiba mikroto‘lqinli pechi sovg‘a qilinadi.
Yangi aksiyada Toshiba sovitkichlarini Toshkentdagi Abu-Saxiy, Malika maishiy texnika bozorlari hamda Diskont do‘konlar tarmog‘idan topishingiz mumkin.
Viloyatlarda esa Andijon, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Namangan, Surxondaryo, Qarshidagi maishiy texnika savdo markazlari va chakana savdo do‘konlari ishtirok etadi.
Siz Toshiba bilan o‘zingizga ko‘p yillik ishonchli hamroh tanlaysiz.
Qo‘shimcha ma’lumot uchun quyidagi telefon raqamlari orqali bog‘lanishingiz mumkin: +99855-5013939
FB/Instagram: @toshibalifestyleuz
Reklama huquqi asosida