Canon so‘nggi plyonkali fotokamerasining savdosini to‘xtatdi

Fan-texnika 00:36 / 01.06.2018 4229

Canon so‘nggi plyonkali fotokamerasi EOS-1v’ning savdosini to‘xtatishini e'lon qildi. Kamera ishlab chiqarilishi 2010 yildayoq to‘xtatilgan, ushandan beri kompaniya bor kameralarni sotib kelayotgan edi.  

Kompaniya sotilgan EOS-1v kameralarini 2025 yil oxirigacha ta'minlashni davom ettirmoqchi. Kompaniyada ogohlantirilishicha, agar ba'zi ehtiyot qismlar tugab qolsa, unda ta'mirlash uchun ba'zi arizalar 2020 yil noyabridanoq rad etila boshlanishi mumkin. 

Canon’ning raqobatchisi Nikon hozircha ikkita plyonkali fotoapparatni sotishda davom etmoqda.

Ko‘proq yangiliklar: