O‘zbekiston uchun viloyatlarning investitsion jozibadorligi reytingi ishlab chiqiladi

Iqtisodiyot 12:27 / 30.05.2018 7342

O‘zbekistonda viloyatlarning investitsion jozibadorligining milliy reyting shkalasi joriy qilinadi. Bu haqda Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Kun.uz’ga xabar berdi.

«Maslahatlashuv kengash yig‘ilishi doirasida mintaqaviy kesimda investitsion muhitni baholashning reytingi va metodologiyasini joriy etish, statistik ma'lumotlar to‘plash sxemasi va so‘rovlar o‘tkazish mexanizmi masalalari ko‘rib chiqildi», - deya xabar berishgan qo‘mitadan.
 
Respublika bosh vazirining o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov shu yilning boshida bunday tizim paydo bo‘lishi haqida gapirgandi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, milliy reyting shkalasi sakkizta diapazondan iborat bo‘ladi. Ular orasida asosiylari quyidagilar: mulkni ro‘yxatga olish, intellektual mulk huquqlarini himoya qilish, qurilishga ruxsatnomalar berish, eksport va importni amalga oshirishni soddalashtirish.

Ko‘proq yangiliklar: